Uzbek Language Learning Podcasts
Uzbek podcast 121205
- Autor: Vários
- Narrador: Vários
- Editora: Podcast
- Duração: 0:03:05
- Mais informações
Informações:
Sinopse
Mutaxassislarning fikricha, ayni paytda dunyoda orttirilgan immunitet tanqisligi sindiromi (OITS) xastaligiga chalinganlar soni oltmish milliondan oshgan. Agar kasallikning tarqalishi shu sur'atda davom etaversa, yaqin ikki-uch yil ichida bu raqam yana uch-to'rt marta ortishi mumkin. Taassufki, asr vabosi sifatida ko'rilayotgan mazkur xavf-xatar mamlakatimizni ham chetlab o'tmagan, xabar beradi UzA.Yurtimizda bu kasallikning oldini olish va unga chalinganlarga tibbiy-ruhiy madad berish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi OITS markazlarida tegishli dastur va vazifalar ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Ayni paytda ijtimoiy jihatdan o'ta xavfli sanalgan OITS tarqalishining oldini olish borasida turli loyihalar ham amalga oshirilyapti. Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda World Vision xalqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan "Sog'ligingizni oldindan saqlang" - SOS loyihasi ham ana shular sir