Uzbek Language Learning Podcasts
Uzbek podcast 121405
- Autor: Vários
- Narrador: Vários
- Editora: Podcast
- Duração: 0:03:05
- Mais informações
Informações:
Sinopse
Yuragida o`ti bo`lsa yaxshi, o`tida tosh bo`lmasin! O`zbekistonda o`tida tosh yig`ilish bilan bog`liq kasalliklarga chalinganlar soni tobora oshib bormoqda. Buni o`t toshi tufayli jarroh stoliga yotayotganlar sonining oshib borayotgani ham tasdiqlaydi. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko`ra, dunyo aholisining 15 foizida o`t toshi kasalligi bor. Har 10 erkakdan birida, har 5 ayoldan birida ayni kasallik kuzatiladi. O`zbekistonda o`tida toshi borlar ko`payib ketayotgani sabablaridan biri ekologiyaning yomonlashuvi ekani aytilmoqda. Shifokor O`ktamjon Ma’rupovning so`zlariga ko`ra, joriy yilning shu davrigacha u ishlaydigan shifoxonada 400 bemorda o`t toshi bilan bog`liq jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan. “Keyingi paytlarda sanoat korxonalari joylashgan hududlarda bu kasallik ko`paymoqda. Bu kasallik o`t xaltasining dimlanib qolishi, o`t xaltasining yallig`lanishi va organizmdagi modda almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadi”, - dedi shifokor. O`. Ma’rupovning bildirishicha, O`zbekistonda bu k