Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 030306

Informações:

Sinopse

Navro‘z Navro‘z – O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy bayramidir. Bu bayram bahor faslida, kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, ya’ni 21-22 martda nishonlanadi. Navro‘z so‘zi forscha nav “yangi” va ro‘z “kun” so‘zlarining birlashmasidan hosil qilingan bo‘lib, yangi kun ma’nosini anglatadi. Navro‘z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an’anaviy Yangi yil bayrami hisoblanadi. Qadimda Navro‘z kunlari dalalarda bahorgi ekin-tikin ishlari boshlanib ketgan. Dehqonlar yerga qo‘sh solishgan. O‘tgan ajdodlar ruhi yod qilingan. Ularning mozorlari obodonlashtirilgan. Ommaviy ravishda mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazilgan. Ko‘pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar “jang” lari, xo‘roz, it, qo‘chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o‘yinlari singari xalq tomoshalari tashkil qilingan. Bayram kunlari urishgan do‘st-og‘aynilar, qarindosh-urug‘lar yarashib, bir-birlarini Navro‘z bilan tabriklas